Kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 12−13-iyun kunlari sel-suv toshqini kuzatilishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.
YTTB Farg‘ona vodiysida sug‘orish samaradorligini oshirish uchun qariyb 200 mln dollar miqdorida kredit ajratdi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 118 ta eskirgan nasos stansiyalari yangi jihozlar o‘rnatgan holda modernizatsiya qilinadi.
O‘zgidromet Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida sel kelish xavfidan ogohlantirdi. Aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan sel oqibatida ketma-ket ikkinchi kun Farg‘ona vodiysiga harakatlanuvchi poyezdlar qatnovi to‘xtatilganini ma’lum qildi. 6 mayga mo‘ljallangan chiptalar puli yo‘lovchilarga 100 foiz qaytarib beriladi.
Farg‘ona vodiysida hududdagi uchala viloyat uchun yagona xalqaro aeroport qurilishi mumkin. Prezidentga ko‘rsatilgan loyihalar taqdimotida bu haqda so‘z boradi.
Respublikada kuzatilayotgan sovuq va nam ob-havo sababli vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati soat 18.00 dan vaqtincha to‘xtatiladi.
Yakshanba kuni soat 09:30 dan 16:00 ga qadar Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi ta’minoti bilan qisqa uzilishlar bo‘lishi mumkin. Bunga sabab bahorgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlar olib borilishi ekani aytildi.
Farg‘ona vodiysida metan zapravkalar 15 fevral soat 13:00 dan 16 fevral 06:00 ga qadar o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi. «O‘ztransgaz» kompaniyasi bundan maqsad sovuq ob-havo sharoitida aholi, iste’molchilar va ijtimoiy soha obyektlari, strategik ahamiyatga ega korxonalarni barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash ekanligini ta’kidlagan.
BMT Taraqqiyot Dasturi Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga moslashuvi uchun agrometeorologik stansiyalar tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi. Yaponiya hukumati ushbu maqsadlarga qariyb 1 mln dollar ajratdi.
DXX tomonidan Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 3,8 kg opiy va 9,7 kg gashish giyohvandlik moddalarining aylanmasiga chek qo‘yildi.
29−31 iyul kunlari Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga sel kelishi xavfi bor.
O‘zgidromet kecha Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida sodir bo‘lgan, sakkiz kishi halok bo‘lgan sel kelishi holati bo‘yicha ma’lumot berdi. Shuningdek, 15−16 iyul kunlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi borligi haqida xabar berildi.
«Technovation Girls» xalqaro dasturi O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi va BMTning «Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi» loyihasi bilan birgalikda Andijon, Namangan va Farg‘onadagi qizlar va ularning ustozlari uchun bepul onlayn treninglarida qatnashish bo‘yicha arizalarni 20 avgustga qadar qabul qiladi. Dastur 4 oylik onlayn-mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi Farg‘ona vodiysida loyihalarni amalga oshirishga $47 mln ajratadi. Ushbu loyiha hududdagi 375 mingdan ortiq aholi daromadlarining o‘sishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting